Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 52 xonadon ehtiyojmandlarga bepul berildi

Samarqandda 52 xonadon ehtiyojmandlarga bepul berildi

Foto: O‘zA

Samarqand transport va kommunal xo‘jalik kasb-hunar kollejining foydalanilmasdan bo‘sh turgan 3 qavatli binosi joriy yilda 2 milliard 160 million so‘m mablag‘ evaziga 52 ta bir va ikki xonali uylarga moslashtirilib, rekonstruksiya qilindi. Barcha xonalar mebel va boshqa jihozlar bilan ta’minlandi. Ushbu xonadonlar ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarga bepul tarqatildi.

O‘zA xabariga ko‘ra, binoning birinchi qavatida ma’naviyat va tibbiyot xonalari hamda ushbu uyda yashovchilar bandligini ta’minlash maqsadida tikuv sexi tashkil etildi.

Yangi xonadonlarni o‘z egalariga topshirish marosimida Samarqand viloyati hokimi T.Jo‘rayev ishtirok etdi va uy kalitlarini tantanali topshirdi. Shuningdek, uy egalariga viloyat va Samarqand shahar hokimligining esdalik sovg‘alari berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring