Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda bosqinchilik. «Neksiya»dagilar «Zil»dagilarni tunab ketishdi

Samarqandda bosqinchilik. «Neksiya»dagilar «Zil»dagilarni tunab ketishdi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida kecha, 31-avgust kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi N.X. va R.O. tuman IIBga murojaat qildi.

Aytishlaricha, shu kuni N.X. boshqaruvidagi «Zil-130» rusumli yuk mashinasida ketayotganida 2 nafar noma’lum shaxs «Neksiya» mashinasi bilan ularning yo‘lini to‘sib, kuch ishlatish yo‘li bilan 500 ming so‘m pul talab qilgan va ulardagi 97 000 so‘m pulni olib, voqea joyidan yashiringan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Pastdarg‘om tumanida yashovchi U.S. va Ch.R. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring