Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda gaz pulini oldindan to‘lagan fuqaroga 6 million qarz yozildi

Samarqandda gaz pulini oldindan to‘lagan fuqaroga 6 million qarz yozildi

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Chortut mahallasida istiqomat qiluvchi Akmal Mamatov kommunal to‘lovlarni, jumladan gaz to‘lovlarini hamisha o‘z vaqtida oylik maoshlari hisobidan to‘lab boradi.

Ammo yaqinda tuman gaz ta’minoti korxonasidan unga to‘lov qog‘ozi jo‘natildi. Unda aytilishicha, Mamatovning 6 100 000 (olti million yuz ming) so‘m miqdorida gazdan qarzdorligi mavjud.

Bundan norozi bo‘lgan fuqaro O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga shikoyat arizasi bilan murojaat qiladi. Ariza Pastdarg‘om tuman jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, tumangaz idorasi bazasidan yuborilgan kod raqami va unda ko‘rsatilgan summa fuqaroga tegishli emas. A.Mamatovga qarashli abonent kodi gaz hisoblagichi ko‘rsatkichlariga ko‘ra, to‘lov pattalari qaytadan hisob-kitob qilindi. Natijada, Mamatov qarzdor emas, aksincha oldindan to‘lovi borligi ma’lum bo‘ldi.

Muammo ijobiy hal etildi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring