Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda kollej o‘quvchisi avtomobil o‘g‘irlab qochdi

Samarqandda kollej o‘quvchisi avtomobil o‘g‘irlab qochdi

Foto: «DonDay»

22-yanvar soat 00:50 larda noma’lum shaxs Samarqand shahrining O.Mahmudov ko‘chasida qarovsiz qoldirilgan 1995 yilda tug‘ilgan fuqaroning «Lasetti» rusumli avtomashinasini haydab qochgan.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida, avtomashina Samarqand shahrining Go‘ro‘g‘li ko‘chasidan texnik shikastlangan holda topilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Samarqanddagi kollejning 1-kurs o‘quvchisi sodir etgani aniqlandi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring