Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda «Lasetti» uch nafar talaba qizni urib ketdi

Samarqandda «Lasetti» uch nafar talaba qizni urib ketdi

Foto: «Blamper.ru»

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida «Lasetti» rusumli avtomashina haydovchisi uch qizni urib yuborgani haqidagi videolavha tarqalgandi. 

Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasidan taqdim qilgan ma’lumotga ko‘ra, shu yilning 9 oktyabr kuni soat 21.30da Samarqand shahar Registon ko‘chasida joylashgan «Mo‘’jiza» restorani qarshisidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida haydovchi Q.I. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashinasini Panjakent ko‘chasi tomondan Dahbed ko‘chasi tomonga boshqarib borayotib, avtomashina yo‘nalishi bilan yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga piyodalar yo‘lagidan yo‘lni kesib o‘tayotgan uch qizni urib yuborgan.

Yo‘l-transport hodisasida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilib o‘sgan, Samarqand Davlat chet tillar instituti 2-bosqich talabalari 1994-yilda tug‘ilgan U.X., 1996-yilda tug‘ilgan U.I., 1996-yilda tug‘ilgan U.O. turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilganlar. Hozirda ularning sog‘liklarni tiklash yuzasidan tibbiy muolajalar amalga oshirilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring