Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda sholi ichimlik suvi bilan sug‘orilmoqda, ko‘p qavatli uylarda suv yo‘q

Samarqandda sholi ichimlik suvi bilan sug‘orilmoqda, ko‘p qavatli uylarda suv yo‘q

Foto: Ekologiya qo‘mitasi

Samarqand viloyati fermerlari sholini ichimlik suvi bilan sug‘orishmoqda. Bu haqda ekologiya qo‘mitasi rasmiy kanalida ma’lumot berildi.

Cho‘ponota suv ta’minoti bazasidan olinadigan suvning uchdan ikki qismi aynan shu maqsadda ishlatiladi. Samarqand DK «Suvoqova»ning moddiy-texnik ta’minot bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Ahmadjon To‘raqulovning aytishicha, yana muammolardan biri tomorqalarning ichimlik suvi bilan sug‘orilishidir. Bularning barchasi Samarqand shahrini ichimlik suvi bilan ta’minlashda muammolar tug‘dirmoqda.

«Aynan shu hududda irrigatsiya juda ham zaif. Sug‘oriladigan ariq suvi deyarli yo‘q. Chuqurlikdan suv tortib oladigan nasos o‘rnatish qimmat va qiyin ish. Shu sababli suv quvurlari bo‘ylab joylashgan dalalardagi sholi ichimlik suvi bilan sug‘oriladi, bu ancha arzonga tushadi. Oqibatda esa ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar suvsizlikdan azob chekmoqda», — deydi A.To‘raqulov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring