Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandlik ziyoratchilar Umra ziyoratiga yo‘l olmoqdalar (foto)

Samarqandlik ziyoratchilar Umra ziyoratiga yo‘l olmoqdalar (foto)

Foto: «Xabar.uz»

2018-yilning bahorida Samarqand viloyatidan 400 nafar musulmon Umra ziyoratiga boradigan bo‘ldi.

Bugun, 10-fevral kuni ziyoratchilarning dastlabki guruhi Samarqanddan Toshkentga jo‘nab ketdi. Ular ertaga tongda Saudiya podshohligining Jidda shahriga uchib ketishadi.

Foto: «Xabar.uz»

Ziyoratchilarni tantanali kuzatish O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi viloyat vakilligida tashkil etildi. Viloyat rahbarlari, keksa nuroniylar va ziyoratchilarning oila a’zolari ezgu niyat bilan Makka sari yo‘lga chiqqanlarga oq yo‘l tilab qolishdi.

Viloyat hokimligi matbuot kotibi Mannop Ibodullayevning aytishicha, ziyoratchilarni Toshkent Xalqaro aeroportigacha yetkazib qo‘yish uchun zamonaviy avtobuslar va tajribali haydovchilar jalb etilgan. Ziyoratchilarga avtobusda ekanliklarida Samarqand shahri obidalari, Umra ziyoratini ado etish va Saudiyada bo‘lish qoidalari aks etgan filmlar ko‘rsatib boriladi. Ziyoratchilarni aeroportgacha viloyat hokimligi vakillari, shahar va tuman bosh imom-xatiblari, YHXB va sog‘liqni saqlash xodimlari kuzatib borishadi.

Foto: «Xabar.uz»

Ziyoratchilarning ikkinchi guruhi 20-fevralda safarga otlanadi.

22-fevral va 4-mart kunlari qaytadigan Umra ziyoratchilarini kutib olish ham tantanali sur’atda amalga oshirilishi uchun barcha tayyorgarliklar ko‘rilgan.

Karimberdi To‘ramurod,

Samarqand shahridan «Xabar.uz» uchun maxsus

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring