Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandlik telefon ustasi mijozga yangi «Iphonye» olib berdi

Samarqandlik telefon ustasi mijozga yangi «Iphonye» olib berdi

Foto: «byznysnoviny.cz»

Samarqand shahri «So‘g‘diyona» mahallasida yashovchi A.Norboyev «Samsung» servis markazidagi ustaxonaga «Iphone-6G» telefonini tuzatish uchun bergan. Ammo ustaxona xodimi 6 oy o‘tsa hamki, turli bahonalar bilan na mijozning telefonini tuzatgan va na uni qaytarib bergan.

Shundan so‘ng A.Norboyev Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Samarqand shahar jamiyatiga shikoyat bilan murojaat qildi. Jamiyat xodimlari arizani o‘rganib, «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning bir qator moddalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Telefon ustasi xatosini tushundi va o‘z hisobidan arizachiga yangi «Ipohone-6G» rusumli telefon olib berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring