Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandni kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

Samarqandni kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

Foto: «UzReport.news»

Hukumatning 2018-yil 28-iyundagi qarori bilan 2018-2019-yillarda Samarqand viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qabul qilingan dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • dasturning asosiy yo‘nalishlari va umumlashtirilgan ko‘rsatkichlari;
  • sanoatni rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlik loyihalari manzilli ro‘yxati;
  • qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlik loyihalarining manzilli ro‘yxati;
  • xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlik loyihalarining manzilli ro‘yxati;
  • muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va irrigatsiya tizimini yanada rivojlantirish tadbirlari;
  • ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini yanada yaxshilash tadbirlari;
  • ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash tadbirlari;
  • respublika va mahalliy budjet mablag‘laridan qo‘shimcha ravishda moliyalashtiriladigan tadbirlar.

Dastur doirasida sanoatni rivojlantirish bo‘yicha qiymati 4 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 203 ta, qishloq xo‘jaligini asosiy tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 130 loyihalar amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring