Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandning ikki tumanida soliq inspeksiyasi boshliqlari o‘zgardi

Samarqandning ikki tumanida soliq inspeksiyasi boshliqlari o‘zgardi

Foto:«Xabar.uz»

Samarqand viloyatining ikki tumanida bosh soliqchilar o‘zgardi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Sindorov Zafar Bolmanovich– Samarqand tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1975- yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1994-yili Samarqand moliya texnikumi, 1999-yili Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti, 2002-yili Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. 

Foto: DSQ matbuot xizmati

Soliq tizimidagi faoliyatini Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi, Savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarini nazorati bo‘limi ish yurituvchisi lavozimida boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

Eshmurodov Sherzod Sindarovich – Bulung‘ur tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Sh.Eshmurodov 1986-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2008-yili Toshkent moliya institutini tamomlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand viloyati Davlat soliq boshqarmasi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

Foto: DSQ matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring