Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandu Sirdaryodagi xarobalar, metroni portlatmoqchi bo‘lgan shaxs, o‘zbek-tojik chegarasi, oqqon davosi, yangi telekanal, islomga kirgan aktrisa, Rashidjon Qodirov va boshqa xabarlar

Samarqandu Sirdaryodagi xarobalar, metroni portlatmoqchi bo‘lgan shaxs, o‘zbek-tojik chegarasi, oqqon davosi, yangi telekanal, islomga kirgan aktrisa, Rashidjon Qodirov va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 23-fevral kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Bruney sultonini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bruney Dorussalom Sultoni Hoji Hassanal Bolkiyaxga Mustaqillik kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Foto: Sputnik

 

O‘zbekiston — Tojikiston chegarasidagi bir qator postlar qayta tiklanmoqda

Samarqand viloyatidagi Jartepa, Jizzax viloyatidagi Kushkent, Uchturgan, Sirdaryo viloyatidagi Xovostobod, Toshkent viloyatidagi Bekobod, Namangan viloyatidagi Pop, Farg‘ona viloyatidagi Ravot, Surxondaryo viloyatidagi Gulbahor avtomobil yo‘llari o‘tkazish punktlari hamda Amuzang temir yo‘l o‘tkazish punktining muhandislik-kommunikatsiya va yo‘lbo‘yi infratuzilmasini yanada rivojlantirish nazarda tutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Navro‘zni nishonlash bo‘yicha qaror imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 23 fevral kuni «2018 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Tojikiston Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi delegatsiya Farg‘ona shahriga keladi.

Jamiyat

Sobiq Bosh prokuror Rashidjon Qodirov hibsga olindi (video)

O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov hibsga olingani haqida xabar bergan edik. Ammo mazkur xabar Bosh prokuratura tomonidan rasman rad etildi. Voqealar rivojini kuzatamiz.

O‘zbekistonda Bo‘lajak prokurorlar klubi tashkil etildi

Tadbirda Bosh prokuratura, Oliy sud, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi rahbarlari va mas’ul xodimlari, shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektorlari ishtirok etdi.

Foto. Samarqandda avariya holatidagi yana bir maktab borligini bilasizmi?

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali joylardagi aholi muammolarini o‘rganishda davom etadi. Tahririyatimizga Samarqand viloyati Ishtixon tumani Mirishkor mahallasidan maktub keldi. Uni e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: «Xabar.uz»

ShHT MATT kengashining navbatdagi majlisi Toshkentda o‘tkaziladi

Mazkur tuzilma ijroqo‘mi direktori Yevgeniy Sisoyev Hindistonga qilgan tashrifi davomida Hindistonning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Rajinder Xan va ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri Mobashar Javad Akbar bilan ham ishchi uchrashuvlar o‘tkazdi.

Havas qilib bo‘lmaydigan Xovos. «Uyga mehmon chaqirishga uyalamiz»

Tahririyatimizga joylardan murojaatlar kelishi davom etmoqda. Jumladan, Sirdaryo viloyati Xovos tumani Islomobod mahalla Istiqlol ko‘chasida yashovchi fuqaro F.H. o‘zi yashaydigan hududda ichimlik suvi yo‘qligidan arz qildi.

Toshkentda metroni portlatish bilan tahdid qilishdi

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida yolg‘on qo‘ng‘iroqni Shayxontohur tumanida yashovchi D.X. amalga oshirgani aniqlanib, uni ushlash choralari ko‘rilgan.

Sog‘liqni saqlash

Oqqonning davosi topildimi? O‘zbekistonlik tibbiyotchilar o‘zak hujayra transplantatsiyasini o‘zlashtirishdi!

Mamlakatimizda ilk bor dunyo tibbiyotida eng murakkab va nozik amaliyot hisoblangan organlar transplantatsiyasi bo‘yicha zamonaviy operatsiyalar amalga oshira boshlandi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Iqtisodiyot

O‘zbekistonga «Coca-Cola»ning eski brendi qaytadi

2018-yil hisobidan kompaniya 50 milliondan ortiq yunitkeyslar hajmida ichimliklarni ishlab chiqarish va sotish rejalashtirilmoqda.

Jamshid Qo‘chqorov: «O‘zbekiston 300 million dollargacha qiymatdagi yevroobligatsiyalarni sotishni rejalashtirayapti»

O‘zbekiston joriy yilda ilk bor 200dan 300 million AQSh dollarigacha bo‘lgan summadagi yevroobligatsiyalarni sotishni rejalashtirayapti.

Texnologiya

«SpaceX» global internetni tarqatishga mo‘ljallangan ikkita sun’iy yo‘ldoshini kosmosga muvaffaqiyatli uchirdi (video)

«SpaceX» kompaniyasi «Falcon 9» eltuvchi raketalarini Ispaniyaning «Hisdesat» kompaniyasiga tegishli «PAZ» sun’iy yo‘ldoshi bilan birga uchirdi.

O‘zbekistonda turistlar uchun yangi telekanal ochiladi

Bu vazifa Milliy teleradiokompaniya hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zimmasiga yuklandi.

«Torrent»dan foydalanuvchilar xavf haqida ogohlantirildi

Tizimdagi nosozlikni «Google Project Zero» kompaniyasining mutaxassislari aniqladi.

«Land Rover» har qanday sharoitda ham ishlay oladigan o‘ta mustahkam smartfon yaratdi

«Jaguar Land Rover» guruhi o‘ta kuchli mustahkamlikka ega «Explore» nomli smartfonni yaratdi.

Madaniyat

Islomni qabul qilgan Lindsi Loxan «Modalar haftaligi»ga ro‘molda keldi (video)

Foto: «Vse42»

Lindsi Loxan avvalroq o‘zining «Instagram» sahifasidagi eski rasmlarini ham o‘chirib tashlagan edi.

Sport

Yevropa ligasi: Denisov jamoasi «Atletiko»ga tushdi. Asosiy to‘qnashuv — «Milan» - «Arsenal»

Yevropa ligasining nimchorak final bellashuvlariga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, Yevropaning bir qator nomdor klublari o‘zaro ro‘baro‘ kelishadi.

Osiyo chempionlariga berilgan «Malibu»lar uchun pul talab qilishgani rostmi?

Shu kunlarda turli ommaviy axborot vositalarida Xitoyda bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo chempionatida g‘olib chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan berilgan mukofotlar — «Malibu» avtomashinalari hali rasmiylashtirilmagani haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi.

Dunyo

Turinda antifashistlar namoyishi tarqatib yuborildi (video)

Norozilik aksiyasida 500 nafar radikal yoshlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan kishi ishtirok etgan. Ulardan ikkitasi hibsga olingan. Shuningdek, to‘qnashuvlarda to‘rt nafar politsiyachi ham jarohatlangan.

Olimlar televizor tomosha qilishning yangi xavfini ma’lum qilishdi

Shifokorlar 24 yil mobaynida 45-64 yoshli 15 ming nafar amerikalikning sog‘lig‘ini kuzatib, ularning ahvoli va turmush tarzi haqida muntazam so‘rov o‘tkazib kelishgan.

Mahbuslar o‘lim bilan olishayotgan qo‘riqchini qutqarishdi (video)

AQShning Ueterford (Texas shtati) shahrida yashovchi sobiq turma nazoratchisi infarkt bo‘lib qolganida hayotini qutqargan mahbuslarga minnatdorlik bildirdi.

Tavsiya qilamiz

Endi sudlanganlik ishga kirishda to‘siq bo‘lmaydi

«Qonunchilik palatasi yalpi majlisi haqida berilgan xabarda endi sudlanganlik ishga kirishda to‘siq bo‘lmasligi haqida aytildi. Qonun qabul qilindimi? Bu bo‘yicha nima yangiliklar bor?»

Dunyodagi eng chiroyli qamoqxonalar

Barchaning ko‘ziga xunuk ko‘rinadigan qamoqxonaning ham chiroylisi bo‘lar ekanmi? Bo‘lar ekan! E’tiboringizga dunyodagi eng chiroyli qamoqxonalar haqidagi ma’lumotlarni havola qilamiz.

Velosipedchilarning yozilmagan qonunlari

Farg‘ona viloyati, xususan yaypanliklar hayotida dunyodagi eng kamxarj transportning ahamiyati nihoyatda katta. Velosiped bizning urf-odatlarimizning katta bo‘lagi desam, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mehnat daftarchasiga talabalik davri ham yoziladimi?

«Men mehnat daftarchasiga 4 yillik talabalik davri ham kiritiladi deb eshitgandim, hozirda ishlayman, shuning uchun mehnat daftarchasini xishxonamdan olamanmi yoki o‘qish joyimdanmi?»

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring