Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Samsung» kompaniyasi ekran atrofi minimal darajadagi hoshiya bilan chegaralangan displeyga petent olish uchun ariza topshirdi

«Samsung» kompaniyasi ekran atrofi minimal darajadagi hoshiya bilan chegaralangan displeyga petent olish uchun ariza topshirdi

Foto: «YouTube»

«Samsung Electronics» kompaniyasi Xalqaro intellektual mulk tashkilotiga ekran atrofi minimal darajadagi hoshiya bilan chegaralangan displeyga petent olish uchun ariza topshirdi, deb xabar berdi «4PDA».

Arizada displeyning old tomonidan bir nechta elementlar joy olishi, jumladan, frontal kameraning ham o‘ziga xos jihatlari haqida so‘z borgan. Bu kabi dizayn kompaniyaning «Note 9» hamda o‘ninchi avlod flagmanlarida qo‘llanilishi mumkin.

Bu orqali «Samsung» «iPhone X»ning ekranidagi kabi «qirqim»dan foydalanish istagida emasligini ko‘rsatmoqda. Buning o‘rniga Janubiy Koreya kompaniyasi displey maydonini maksimal darajada saqlab qolish niyatida.

Birinchi variantga ko‘ra, kompaniya muhandislari frontal kamerani ekranning burchagiga joylashtirib, uning ostini kichkina «qirqim» bilan chegaralashni taklif qilmoqda.

Ikkinchi taklifda esa «Samsung» displey hoshiyasini juda kichraytirib, yuqoridagi «qirqim»ni ko‘zga tashlanadigan qilib qo‘yadi. Qiziq jihati, ekrandan xuddi eski smartfonlaridagi kabi «Uyga», «Ortga» va «Ko‘p maqsadli» tugmalar ham o‘rin olgan.

Uchinchi variantda ham frontal kamera displeydagi «qirqim» joylashadi, biroq qurilmaning chetlari xuddi hozirgi modellaridagi kabi ancha yumaloqlashgan bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring