Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Samsung» Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bilan memorandum imzoladi

«Samsung» Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bilan memorandum imzoladi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati

5-aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga Kim Sang Yon boshchiligidagi «Samsung Electronics» delegatsiyasi tashrif buyurdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Tashrif doirasida «Samsung Electronics» hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumga ko‘ra, kompaniya ko‘magida universitetda ta’limda raqamli transformatsiyadan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

Mehmonlar universitet laboratoriya xonalari, axborot resurs-markazi, mexatronika va metrologiya markazlarini ko‘zdan kechirib, talabalarning texnik loyihalari va innovatsion ishlanmalari bilan tanishdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring