Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

San’atkorlar Samarqandni aylanib kelishdi

San’atkorlar Samarqandni aylanib kelishdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida maxsus sayyohlik turi tashkil etildi.

Mazkur sayyohlik turida o‘zbek madaniyati va san’atining 100 nafarga yaqin arboblari, taniqli yozuvchi va shoirlar, ijodkor ziyolilar, aktyorlar Samarqand shahridagi muqaddas qadamjolar, tarixiy-madaniy yodgorliklar, viloyatning o‘ziga xos urf-odat va an’analari bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo‘lishdi.

Qatnashchilar Imom al-Buxoriy majmuasi va Samarqand shahrining boshqa diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Sayyohlik turi ishtirokchilari sohibqiron Amir Temur nomi bilan bog‘liq Samarqand shahrida milliy me’morlik an’analari asosida bunyod etilgan «Bog‘i shamol» majmuasi bilan yaqindan tanishishdi.

Shuningdek, sayohlik turi so‘ngida mehmonlar Hazrati Xizr majmuasidagi Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti haqiga duolar o‘qishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring