Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sardoba» suv omobori qaytadan quriladi

«Sardoba» suv omobori qaytadan quriladi

Sardoba suv ombori qayta quriladi. Bu bo‘yicha hukumat qarori qabul qilingan, deb xabar qilmoqda «Daryo» nashri Qurilish vazirligining Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nasrullo Boboyevga tayanib. 

Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omoborini qayta tiklash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining yopiq (xizmat doirasida foydalanish uchun) qarori qabul qilingan. Ayni damda ushbu qarorga asosan «juda katta hajmdagi muhandislik-qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda, xususan, laboratoriya tahlillari olinib, ilmiy-texnik asoslash maqsadida izlanishlar davom etyapti».

«Holat qo‘shni davlatlarga ham taalluqli bo‘lgani bois ilmiy o‘rganishlarga nafaqat mahalliy mutaxassislar, balki chet el ilmiy-tadqiqot markazlari ham jalb qilingan. Bunda bir nechta mustaqil ekspertlar guruhi qilingan ishlar natijalarini tahlil qiladi va o‘z xulosalarini beradi. Shundan kelib chiqib, keyingi bosqich ishlari davom ettiriladi», — deydi Boboyev.

Eslatib o‘tamiz, 2010—2017-yillarda qurilgan Sardoba suv ombori to‘g‘oni 2020-yilning 1-mayida o‘pirilishi oqibatida suv toshqini yuz bergan edi. Uning oqibatida O‘zbekiston va qo‘shni Qozog‘istonda minglab uylar suv ostida qolgandi.

Hozirda ushbu falokat yuzasidan qurilishga aloqador bo‘lgan 17 kishi sudlanmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring