Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sardor Rashidov «Lokomotiv»da qaysi raqamda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

Sardor Rashidov «Lokomotiv»da qaysi raqamda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

Foto: Uff.uz

Bugun «Lokomotiv» yangi futbolchilarni ommaga tanishtirdi va yangi futbolchilar qaysi raqamda o‘ynashlari ma’lum bo‘ldi.

Amaldagi O‘zbekiston chempioni va kubogi g‘olibi «Lokomotiv» klubi yangi mavsumda ham o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni ko‘ygan. «Temiryo‘lchilar» bir qator yangi futbolchilarni o‘z saflariga qo‘shib olishdi.

Ilgariroq toshkentliklar Sardor Rashidov, Sherzod Karimov, Cho Suk Jaye, Igor Yelich, Nivaldo, Husniddin G‘ofurovlarni o‘z saflariga qo‘shib olganliklarini e’lon qilishgan edi. «Sports.uz»ning ma’lum qilishicha, Rashidov 27, Karimov 8, Nivaldo 6, Yelich 88, G‘ofurov 19 va Cho 99-raqamlarda to‘p suradi. 

Foto: «Xabar.uz»

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring