Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saudiya Arabistoni Qatarga urush ochmoqchimi?

Saudiya Arabistoni Qatarga urush ochmoqchimi?

Foto: «RIA Novosti»

Riyoz «S-400» tufayli Qatarga qarshi harbiy amaliyot boshlashga tayyor. Bu haqda Fransiyaning «Monde» nashri ma’lumotlariga tayanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Saudiya qiroli Salmon ibn Abdulaziz ol Saud Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga maktub yo‘llab, unda ar-Riyoz Qatarga qarshi, agar mamlakat rasmiylari Rossiyaning «S-400» raketalarini sotib olsa, harbiy amaliyot olib borishga tayyor ekanini bildirgan.

Avvalroq Qatarning Rossiyadagi elchisi Fahd al-Atiyya Doha Rossiyadan havo hujumidan mudofaalanish tizimiga oid raketalarni sotib olishini aytgan edi.

OAV Qatarning Rossiyaning «S-400» raketalariga qiziqishi borligini aniqladi.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu o‘tgan yili Qatarga tashrifi asnosida Doha shahrida hukumatlararo harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha bitim imzolagan edi.

Qirol Salmon Yelisey saroyiga yo‘llagan maktubida Qatarning bu ishidan tashvishda ekanini, Fransiya prezidentidan buning oldini olish hamda mintaqada barqarorlikni ta’minlashga ko‘mak berishini so‘ragan.

Fransiya tashqi siyosat mahkamasi bu xabarni rad etgan.

Rossiya va Saudiya Arabistoni 2017-yili «S-400» raketalarini ar-Riyozga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.

Rasmiy Doha o‘tgan yili terrorchi guruhlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda ayblanib Saudiya Arabistoni, Bahrayn va BAA tomonidan iqtisodiy sanksiya joriy etilganidan so‘ng mamlakat mudofaasini mustahkamlash maqsadida raketalar sotib olishni mo‘ljallayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring