Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin hukumatini tanqid qildi

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin hukumatini tanqid qildi

Foto:«Capress.org»

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Falastin hukumati, shu jumladan prezident Mahmud Abbosni tinch kelishuvga erishish yo‘lini inkor qilganlikda ayblagan. Bu haqda AQShning «Axios» nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra shahzodaning  bayonoti joriy yilning 27-mart kuni Nyu-York shahrida yahudiy tashkilotlari rahbarlari bilan o‘tkazilgan yopiq majlisda yangragan.

«Oxirgi o‘n yilliklarda Falastin hukumati ularga taqdim etilgan bir necha tinchlik kelishuvini qo‘ldan chiqardi. Falastinliklar uchun taklifni qabul qilish, muzokara stoliga o‘tirish va norozilik bildirishni to‘xtatish vaqti keldi», — deya ma’lum qilgan shahzoda.

Muhammad bin Salmon, shuningdek, Saudiya Arabistoni uchun asosiy masala Falastin emas, Eronning mintaqada ta’siri kuchayishi ekanligini ta’kidlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring