Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyasi O‘zbekistonda to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaradi

Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyasi O‘zbekistonda to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaradi

2019-yilning 24-yanvar kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasida «Ajlan & Bros» korporatsiyasi bosh direktori janob Nikolas Gilani boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda O‘zbekistonda biznesni joriy etish istiqbollari, jumladan, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan shart-sharoit va imtiyozlar muhokama qilindi. Xorijiy kompaniya vakillari respublikamizning to‘qimachilik, tikuvchilik va trikotaj sanoati sohasidagi yutuqlarini, shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi. Xorijiy mehmonlar O‘zbekistonda tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (erkaklar poyabzali va ichki kiyim) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Ayni damda delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Loyihani joriy etish masalalarini muhokama qilish uchun Jizzax, Andijon va Navoiy viloyatlarining hokimliklarida uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, «Ajlan & Bros» - tayyor to‘qimachilik kiyimlari ishlab chiqarish sohasida yetakchi xalqaro korporatsiya bo‘lib, Saudiya Arabistonida 1979-yilda tashkil etilgan. Umumiy qiymati 2,2 milliard dollar bo‘lgan korporatsiya 10 dan ortiq global brendlar (Ferrari, Maserati, Aston Martin, Puma, Nike, Adidas, Reebok va boshqalar) bilan hamkorlik qiladi. Korporatsiyada 9 mingdan ortiq kishi mehnat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring