Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiyada Makka va Madinani bog‘lab turuvchi ilk tezyurar poyezd yo‘li ochildi

Saudiyada Makka va Madinani bog‘lab turuvchi ilk tezyurar poyezd yo‘li ochildi

Foto: «RIA Novosti»

Saudiya Arabistonida Makka va Madina shaharlarini bir-biriga bog‘lovchi ilk tezyurar poyezd yo‘li ochildi. Bu haqda «RIA Novosti» axborot agentligi xabar bermoqda.

Temiryo‘lning ochilish marosimida Saudiya qiroli Salmon ibn Abdulaziz ol-Saud qatnashdi.

Endilikda temir yo‘l orqali bir yilda 60 million yo‘lovchini soatiga 300 kilometr tezlikda harakatlanadigan poyezdlar manzillariga yetkazib qo‘yadi.

Temir yo‘lining uzunligi 450 kilometr bo‘lib, 5 ta bekati bor: Makka shahri, Jidda, Jidda shahridagi qirol Abdulaziz xalqaro aeroporti, Robiha va Madina shahri.

Yo‘nalishda 417 o‘ringa ega 35 ta poyezd qatnaydi.

Bu loyiha haj va umraga keluvchilar uchun katta qulaylik tug‘dirishi hamda ziyoratchilarning soni oshishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring