Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiyada qirollik samolyoti halokatga uchradi

Saudiyada qirollik samolyoti halokatga uchradi

Foto: «topwar.ru»

Saudiya Arabistoni qirollik havo kuchlariga tegishli «Tornado» samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

Saudiya Arabistoni rasmiy axborot agentligi «SPA» ma’lumotlariga ko‘ra, «Tornado» samolyoti mashg‘ulotlardan qaytayotib, texnik nosozlik tufayli qulagan.

Samolyotdagi ikki nafar uchuvchi qutqarilgan.

Xuddi shunday holat shu yil yanvar oyida ham sodir bo‘lgan edi. O‘shanda Yamandagi kaolitsion kuchlarga ko‘mak berish maqsadida mashg‘ulotlarda ishtirok etib qaytayotgan samolyot texnik nosozlik tufayli halokatga uchragan, ikki nafar uchuvchi sog‘-omon qutqarilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring