Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saylovni videoga olgan bloger qamaldi

Saylovni videoga olgan bloger qamaldi

Foto: Facebook.

23-may kuni O‘zbekiston inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati Markaziy boshqaruvi a’zosi, tashkilotning Toshkent viloyati bo‘limi raisi Murod Maxsudov Mirzo Ulug‘bek tumani sudi qarori bilan 5 (besh) sutkalik ma’muriy qamoqqa olindi. Bu haqda jamiyat raisi Abdurahmon Tashanov xabar berdi.
 
Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB olib borgan surishtiruv materiallariga ko‘ra, Murod Maxsudov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning mayda bezorilik va davlat hokimiyati vakilning qonuniy talabiga bo‘ysunmaslik moddasi bilan ayblangan.
 
Murod Maxsudov Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Feruza massividagi saylov uchastkasida mahalla oqsoqoli saylovini noqonuniy ravishda video tasvirga olgan va bu jarayonda huquqbuzarlik sodir etgan.
 
O‘zbekiston inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati Mirzo Ulug‘bek tumani sudi qarori ustidan Toshkent shahar sudiga apellatsiya shikoyati kiritmoqda.
 
«Yuqori instansiya sudlarini faolimizga nisbatan chiqarilgan sud qarorini adolatli ko‘rib chiqishga chaqiramiz.
 
Murod Maxsudov taniqli blogger, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining orkestrida faoliyat yuritgan faxriy zobitdir», deya izoh bergan Tashanov.
 
 
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring