Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sayyoh «Lamborghini» bilan uch soatda 50 ming dollar jarima «ishladi»

Sayyoh «Lamborghini» bilan uch soatda 50 ming dollar jarima «ishladi»

Foto: «RT.com»

Britaniyalik sayyoh Birlashgan arab amirliklarida tezlikni oshirgani uchun uch soat ichida 33 marotaba jarimaga tushdi. «Lamborghini Huracan» Dubayda ijaraga olingan edi, oradan ko‘p o‘tmay politsiya qoidabuzarni qo‘lga oldi, deb yozmoqda «Udivi.li».

Tezlikni soatiga 230 kilometrdan oshirib yuborgan turist Dubay markaziy ko‘chasida qo‘lga olindi. Sport ulovi olib qo‘yilib, jarima maydonchasiga jo‘natildi.

Endi britaniyalik mehmon jarima maydonchasidagi ikki kunlik «stoyanka» uchun 1,2 ming dollarga qo‘shimcha ravishda 175 ming dirham (48 ming dollar atrofida) jarima to‘laydi.

Mashinani jarima maydonchasidan olib ketish uchun 100 ming dirham to‘lash kerak. To‘lanishi kerak bo‘lgan jarimaning qolgan qismi videokameralar orqali qayd etilgan.

Qonunga muvofiq, shuncha jarimaga qaramay, britaniyalik mamlakat hududini tark etishga haqli. Biroq u mashina uchun garovga pasportini bergan, shunday ekan jarimani to‘lamay hech qayoqqa keta olmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring