Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sayyohlar uchun to‘liq ochilgan mamlakatlar ma’lum bo‘ldi

Sayyohlar uchun to‘liq ochilgan mamlakatlar ma’lum bo‘ldi

Foto: «Travelask.ru»

Koronavirus pandemiyasi tufayli avval joriy etilgan sayyohlarning kirib kelishidagi cheklovlarni atigi beshta davlat butunlay olib tashladi. Bu haqda BMT Jahon sayyohlik tashkiloti 8-mart kuni o‘z saytida ma’lum qildi.

Sayyohlar uchun ochiq bo‘lgan davlatlar orasida Albaniya, Dominikan Respublikasi, Kosta-Rika, Shimoliy Makedoniya va Tanzaniya bor. Ular sayyohlik yo‘nalishi umumiy sonining atigi 2 foizini tashkil etadi, deya ta’kidlaydi tashkilot.

Shu bilan birga, har uchinchi mamlakat, ya’ni umumiy hisobda 69 ta davlat sayohatchilar uchun butunlay yopiqligicha qolmoqda. Ularning aksariyati Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, yana 15 tasi Yevropada, 10 tasi Amerikada, 10 tasi Afrikada va uchtasi Yaqin Sharqda joylashgan. Sayyohlar kirishiga qisman cheklovlar turistik yo‘nalishlarning yana 34 foizida saqlanib qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring