Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Semirib ketyapsizmi? Ko‘p televizor ko‘rish ham ortiqcha vaznga sabab ekan

Semirib ketyapsizmi? Ko‘p televizor ko‘rish ham ortiqcha vaznga sabab ekan

Oshxonasida zangori ekrani bo‘lgan kishilar taomni o‘rtacha 500 kkal ko‘p va 20 daqiqa tez vaqt ichida yeyishadi.

Foto: «AiF.ru»

Televizor tomosha qilib, ovqat yeyish oqibatida yana qo‘shimcha taomga xohish uyg‘onadi. Natijada unchalik och bo‘lmasangiz-da, ko‘p taom yeb qo‘yganingizni sezmay qolasiz. AQSh olimlari bunga qiziqroq izoh topib, televizorning ovqat tanovul qilayotgandagi ta’sirini o‘rganishdi.

Stol ustiga ovqat keltirilgan bo‘lsa, siz yana taom yeyishni boshlaysiz. Ajablanarlisi, televizor aynan yangi taomga nisbatan istak uyg‘otar ekan. Ya’ni siz bir taomni tanovul qilayotgan bo‘lsangiz ham, televizor ta’sirida organizmingiz yangi taomni yeyish hissini tuyadi. Shu bois, siz yana va yana ovqatlanishni davom etasiz.

Tadqiqotlar davomida aniqlanishicha, ovqat yeb televizor tomosha qiluvchilar, ayniqsa, oshxonasida zangori ekrani bo‘lgan kishilar taomni o‘rtacha 500 kkal ko‘p va 20 daqiqa tez vaqt ichida yeyishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring