Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat yalpi majlisida Bosh prokurorning hisoboti eshitildi

Senat yalpi majlisida Bosh prokurorning hisoboti eshitildi

Foto: «Uza.uz»

Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida Respublika Bosh prokurorining prokuratura organlarining 2018-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bosh prokuror Otabek Murodov Prezidentimizning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan qarorlari hamda dolzarb topshiriqlari ijrosini tahlil qilib borish bo‘yicha Bosh prokuratura va Vazirlar Mahkamasi ishchi guruhi tomonidan mavjud holatni joylarda o‘rganish amaliyoti joriy qilinganini qayd etdi.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda dolzarb ahamiyatdagi 216 topshiriq bajarilmaganligi aniqlangan. Ular bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida aksariyati joyida hal qilindi.

Masalan, Jizzax viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishda tarnsport xizmati bilan bog‘liq muammolar hal etilmagani aniqlangan. Muammoni hal qilib, aholiga qulayliklar yaratish hamda transport xizmati sifatini oshirish maqsadida «Jizzax Irjar» temir yo‘lida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Jizzax shahri, Sharof Rashidov, Paxtakor, Do‘stlik, Mirzacho‘l tumanlari bo‘ylab o‘tadigan mazkur poyezd hozirda passajir poyezdi qatnovi tashkil etilib, mazkur yo‘nalishda kuniga ikki marotaba qatnov yo‘lga qo‘yildi.

Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar doirasida hududga qator salohiyatli investorlar jalb qilindi. Aholiga har tomonlama qulaylik yaratish maqsadida Sayxunobod tumani markazida iiymati 25 milliard so‘mlik zamonaviy majmua qurilishi tashkil etilib, foydalanishga topshirildi.

Mazkur majmuada oziq-ovqat do‘koni, mebellar uyi, maishiy texnikalar do‘koni, kinoteatr, bolalar maydonchasi, dorixona va boshqa xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini o‘z ichiga olgan.

O‘rganishlar davomida vazifalar ijrosini ta’minlashda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan 221 nafar mansabdor shaxs intizomiy jazoga tortilgan. Shu jumladan 13 nafar rahbar lavozimidan ozod qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring