Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergelida ikkita yangi bog‘cha ochildi

Sergelida ikkita yangi bog‘cha ochildi

Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi

2019-yil 23-noyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida ikkita  davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining (keyingi o‘rinlarda — MTT) ochilish marosimi  bo‘lib o‘tdi. Umumiy hajmi 370 nafar bolani tarbiyalashga mo‘ljallangan ushbu MTTning ochilish marosimida Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin ishtirok etdi.

Sergeli tumanida  qurilgan yangi maktabgacha ta’lim muassasalari turar joy binolarining birinchi qavatida joylashgan.

«Sirg‘ali tumani qurilish zichligi va yosh oilalarning ko‘pligi bilan ajralib turadi. Maktabgacha ta’lim vazirligi mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda aholini zarur ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlashga harakat qilmoqda. Biz yangi ob’yektlarni qurmoqdamiz va mavjudlarining imkoniyatlarini oshirmoqdamiz. Yangi MTT turar joy binolarining birinchi qavatida joylashgan bo‘lib, u ota-onalar va bolalar uchun qulaydir. Hammasi bo‘lib ikkita maktabgacha ta’lim muassasasida 7 ta kunlik guruhlar va 4 ta qisqa muddatli guruhlar ikki smenada  faoliyat yuritadi», — deydi maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin.

Oziq-ovqat mahsulotlari ikki xil tarzda tashkil qilinadi:

  • autsors tarzida jalb qilinuvchi firmalarga mtt hududida ovqat tayoyrlash uchun ularga oshxonalar, jihozlar va boshqa uskunalardan foydalanish imkoniyatini berish;
  • keytering, ya’ni tayyor ovqatni MTTga yetkazib berish.  

Shuningdek, ikkita maktabgacha ta’lim muassasasining ochilishi pedagog va yordamchi xodimlar uchun qo‘shimcha 41ta ish o‘rnini yaratadi. Ikkala MTT ham 2019 yil dekabr oyida ishga tushadi.

Yangi davlat  maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida ma’lumot:

MTT raqami 40

Manzil: Sergeli, Sputnik-16.

Quvvati: 90 nafar bola.

Guruhlar soni: 3 ta kunlik guruh.

Xodimlar: 10 ta  tarbiyachi pedagog, 8 ta yordamchi xodim.

Ovqatlanishni tashkil qilish usuli: autsorsing.

MTT raqami 41

Joylashgan joyi: Sergeli 7.

Quvvati: 280  nafar bola.

Guruhlar soni: 4 ta kunduzgi guruhlar, 2 ta smenada 4 ta qisqa muddatli guruhlar.

Xodimlar: 13  tarbichi pedagog, 10 yordamchi xodim.

Ovqatlanish usuli: keytering.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring