Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Serjant Esonkeldiyev» videosiga rasmiy munosabat bildirildi (video)

«Serjant Esonkeldiyev» videosiga rasmiy munosabat bildirildi (video)

Foto: «Sirdaryo xabarlari» telegram-kanali

Guliston shahrida sodir bo‘lgan YPX katta inspektori serjant J.Esonkeldiyev bilan bog‘liq video «Telegram»da tarqab ketgan edi. Mazkur voqea yuzasidan Sirdaryo viloyat IIB YHXB matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi, deb xabar berdi «Sirdaryo xabarlari» telegram-kanali.

2019-yilning 25-mart kuni Guliston shahrining O‘zbekiston shohko‘chasi bo‘ylab fuqaro F.Shirnazarov boshqaruvidagi «Neksiya-1» rusumli, davlat raqami 20F 219 DA bo‘lgan avtomashina chorrahaga yetmasdan, 3.27 yo‘l belgisiga amal qilmay, yo‘l chetiga to‘xtab yo‘lovchi olgan. Bu vaqtda O‘zbekiston shohko‘chasi va Sayxun ko‘chasi kesishmasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori to‘xtash ishorasi bergan, biroq «Neksiya-1» O‘zbekiston shohko‘chasida harakatlanishda davom etib, yo‘lni kesib o‘tayotgan bir ayolni turtib yuborgan, ammo shunda ham to‘xtamagan.

Xabarga ko‘ra, voqealar rivoji quyidagi ko‘rinishda davom etgan:

YPX inspektori qo‘l radioaloqa vositasi orqali O‘zbekiston shoh va Guliston ko‘chalari kesishmasida xizmat olib borayotgan Sirdaryo viloyati IIB YHXB YPX otryadi 3-safarbar guruhi YPX katta inspektori serjant J.Esonkeldiyevga xabar bergan. 

YPX katta inspektori (J.Esonkeldiyev) uning yo‘liga chiqib, to‘xtatish ishorasini bergan vaqtida haydovchi to‘xtamasdan unga qarab harakatlangan, natijada inspektor avtomashina kapotiga osilib qolgan. YPX xodimi avtomashinadan tusha olmasdan avtomashina saloniga kirishga harakat qilgan va avtomashinani to‘xtatgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasida tan jarohati olgan ayolga kasalxonada birinchi yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.

Haydovchi F.Shirnazarovga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring