Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Google» o‘zining rasmiy servislariga cheklov qo‘ydi

«Google» o‘zining rasmiy servislariga cheklov qo‘ydi

Foto: «Modscheats.ru»

«Google» sertifikatga ega bo‘lmagan «Android» qurilmalarning o‘z servislariga kirishiga taqiq qo‘ydi, ular orasida «Google Play» dasturlar do‘koni ham bor. Bu «qidiruv giganti» talablariga javob bermaydigan yoki shunchaki sertifikatga ega bo‘lmagan smartfonlar endilikda «GApps» paketidan foydalana olmasligini bildiradi, deb xabar berdi «4PDA».

Ma’lumki, «Google» kompaniyasi «Google Play», «Google», «Google Diks», «Gmail» va boshqa servislarini o‘z ichiga olgan «GApps» dasturiy paketlari qanday qurilmalarda taqdim qilinishini kuzatib keladi. Ushbu dasturlarni o‘rnatishga ruxsatnoma olish uchun kompaniyalar o‘zining har bir qurilmasini sertifikatlashtirishi kerak. Biroq ayrim brendlar — ayniqsa, arzon qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar ushbu qoidaga bo‘ysunmay, «GApps»ni qo‘lbola usulda o‘rnatadi. Endilikda bunga barham berildi.

«Google» servislari yaqin orada «proshivka» qilingan sanani tekshirishni boshlaydi. Agarda ular 16 martdan keyin o‘rnatilgan bo‘lsa va «Google» sertifikatiga ega bo‘lmasa, «Google Play» yoki boshqa servislarni ishga tushirishda ekranda xatolik paydo bo‘ladi.

Shunga qaramay, maxsus dasturiy ta’minot foydalanuvchilari va ko‘chirib olish blokidan chiqarilgan qurilmalar «Google» servislaridan foydalana oladi. Buning uchun identifikator «Android» ekanligini sozlamalarga kirib ko‘rsatib o‘tish shart. Bunda «Google»ning har bir akkaunt uchun 100 identifikatorli cheklovini unutmaslik kerak.

«Google» identifikatorini ro‘yxatdan o‘tkazishdan tashqari, «Magisk» dasturi yordamida sertifikatni soxtalashtirish ham mumkin. Foydalanuvchilarning aytishicha, ushbu usul hozircha ishlamoqda.

«Google» hozircha yangi qoidalar qachondan boshlab kuchga kirishini ma’lum qilmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring