Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Seulda Mirziyoyevga Samarqand hukmdorining elchilarni qabul qilish marosimi aks etgan surat nusxasi ko‘rsatilgan

Seulda Mirziyoyevga Samarqand hukmdorining elchilarni qabul qilish marosimi aks etgan surat nusxasi ko‘rsatilgan

Foto: «Getty Images»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018-yil 11yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatning xorijdagi elchixonalari faoliyati tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Unda davlat rahbari nutq so‘zlab, avvalo «elchi» degan so‘zning ma’nosiga e’tibor qaratishni o‘rinli deb bildi. «Ma’lumki, bizning milliy davlatchiligimiz necha ming yillik qadimiy tarix va boy madaniyatga ega. Binobarin, diplomatik munosabatlar ham tariximizning eng chuqur qatlamlariga borib taqaladi. Bu haqiqat nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo olimlari tomonidan keng e’tirof etilgan. Bizning ajdodlarimiz orasidan mashhur va mohir diplomatlar, elchilar yetishib chiqqani haqida ko‘plab tarixiy ma’lumotlar mavjud», dedi Prezident o‘z ma’ruzasida.

Shuningdek, dunyodagi diplomatiyaga oid eng zo‘r kitoblar ham aslida Sharqda, jumladan, bizning zaminda yaratilganiga alohida urg‘u berildi.

— Shu o‘rinda bir misolga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Samarqand shahridagi qadimiy Afrosiyob davlati joylashgan makondan topilgan noyob devoriy rasmlarni hammangiz yaxshi bilasiz. Ana shu rasmlarda Samarqand hukmdorining Xitoy, Koreya, Hind, Chag‘aniyon kabi davlatlardan kelgan elchilarni qabul qilish marosimi aks ettirilgan. Janubiy Koreyaga davlat tashrifi bilan borganimda muhtaram Prezident Mun Chje In janoblari Seuldagi muzeyda shu rasmning nusxasini menga katta iftixor bilan ko‘rsatdi, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyeyov.

Eslatib o‘tish kerak, 2017-yilning noyabr oyida Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifini amalga oshirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring