Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahrisabzdagi «Hazrati Imom» masjidi tahoratxonasidan katta miqdorda pul o‘g‘irlandi

Shahrisabzdagi «Hazrati Imom» masjidi tahoratxonasidan katta miqdorda pul o‘g‘irlandi

Foto: «OLX»

Shu yilning 6-aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahar IIBga tadbirkor S.Mamasodiqovdan ariza kelib tushadi. Tadbirkor 3-aprel kuni soat 19.00larda, shahar hududida joylashgan «Hazrati Imom» jome masjidining tahoratxonasida ichida 38.740 AQSh dollari bo‘lgan barsetkasini unutib qoldirgani va bir ozdan so‘ng qaytib kelib uni topolmaganini ma’lum qilgan.

IIV jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1970-yilda tug‘ilgan A.K. va Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi, 1962-yilda tug‘ilgan G‘.N. sodir etgani aniqlangan.

O‘g‘rilar hibsga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring