Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev AQShning diniy erkinlik bo‘yicha maxsus elchisi bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev AQShning diniy erkinlik bo‘yicha maxsus elchisi bilan uchrashdi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 18-sentabr kuni AQShning xalqaro diniy erkinlik sohasida alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi Samuel Braunbekni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston Respublikasi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlik izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘zbekiston inson salohiyatini rivojlantirish, shu jumladan, diniy erkinlik va konfessiyalararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi konstruktiv muloqotga muhim ahamiyat qaratayotgani qayd etildi. Prezident O‘zbekistonning din sohasidagi siyosati barcha konfessiya vakillari uchun teng sharoitlar yaratishga asoslanganini ta’kidladi.

O‘zbekiston barchaning ta’lim olishiga keng imkoniyat yaratish, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, vijdon va din erkinligi hamda e’tiqod qiluvchilarning boshqa huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” nomli BMT Bosh assambleyasining maxsus rezolyusiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.

Samuel Braunbek samimiy qabul uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, AQSh O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng miqyosli o‘zgarishlarni yuqori baholashi va qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Tomonlar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi ko‘p qirrali, xususan, mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash, bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekani bildirildi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring