Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev avtotransport xizmatidagi kamchiliklarni sanadi

Shavkat Mirziyoyev avtotransport xizmatidagi kamchiliklarni sanadi

Foto: «President.uz»

So‘nggi yillarda respublika iqtisodiyoti va aholisiga avtotransport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshiril. Yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari tarmog‘i 2006-yilga nisbatan 1,4 baravarga ortdi, respublikada 117 ta yo‘lovchi avtovokzali va avtostansiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda, tashuvlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga avtotransport xizmatlari sohasini jadal rivojlantirishning mavjud imkoniyatlari va zaxiralaridan to‘liq foydalanilmayapti. Avtotransport ho‘jaliklarini modernizatsiya qilish zamonaviy talablar darajasida emas, sohada ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va intellektual transport tizimlari yetarli darajada joriy etilmayapti. Og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining harakatdagi tarkibi parkining eskirgani yuqoriligicha qolmoqda. Mamlakatning avtotransport xizmatlari eksporti va tranzitini oshirish salohiyatining imkoniyatlari va zaxiralaridan to‘laqonli foydalanilmayapti.

Tashish jarayonlari, qatnov jadvallariga rioya etilishi, yo‘lovchilar tomonidan yo‘l haqini elektron tarzda to‘lash samaradorligi, tushumning yig‘ilishi va to‘laligi ustidan markazlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorati tizimi mavjud emas. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi amalga oshirayotgan ishlar mintaqalardagi yo‘lovchi transportini boshqarish bo‘yicha maxsus vakolatli organlar tomonidan deyarli takrorlanmoqda.

Avtomobilda tashishlar va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat choralarining tubdan kuchaytirilishi yo‘lovchilar avtotransportida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik choralar ko‘rishni talab etadi.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6-mart kuni «Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring