Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘onni Turkiya prezidentligiga saylangani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘onni Turkiya prezidentligiga saylangani  bilan tabrikladi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

24-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Toyyip Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat boshida Davlatimiz Rahbari Rejep Toyyip Erdo‘g‘onni Turkiya Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan samimiy tabriklab, unga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

O‘zbekiston-Turkiya ko‘p asrlik do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari bugungi kunda yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan alohida qayd etildi.

Davlatlar rahbarlari, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli va ko‘p qirrali hamkorligi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Muloqot so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi Prezidentlari barcha sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirishga tayyor ekanliklarini yana bir bor bildirdilar.

Eslatib o‘tamiz, 24-iyun bo‘lib o‘tgan saylovlarning dastlabki natijalarida Rajab Toyyip Erdo‘g‘on yetakchilik qilayotgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring