Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev ertaga Turkmanistonga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev ertaga Turkmanistonga tashrif buyuradi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 2018-yil 24-avgust kuni tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi.

Turkmanboshi shahrida bo‘lib o‘tadigan OQXJ sammitida global iqlim o‘zgarishi sharoitida Orol dengizi havzasining ekologik ahvolini yaxshilashda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

Majlis yakuni bo‘yicha Davlat rahbarlari kengashining qo‘shma bayonoti qabul qilinishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Turkmaniston Orolni qutqarish xalqaro fondining 2017—2019-yillardagi raisi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring