Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev harbiylarga mashina va uy berish bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev harbiylarga mashina va uy berish bo‘yicha topshiriq berdi

Foto: «President.uz»

Bugun, 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi harbiy qismlardan biriga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur harbiy qism Prezidentning 2017-yil 12-dekabrdagi farmoni bilan qayta tashkil qilingan. Bu yerda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda tizimli ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev harbiylar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, harbiylar bilan suhbatda bo‘ldi.

Tashrif davomida Prezident jangovor tayyorgarlikda foydalaniladigan moddiy vositalar, harbiy xizmatchilarning kiyim-kechak ta’minoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev harbiy qismdagi sharoitlar bilan tanishib, munosib xizmat qilgan harbiylarga barcha sharoitlar yaratish, ularni uy-joy, avtomashina bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkent viloyati harbiy-ma’muriy sektori faoliyatini 2018-yilda tashkillashtirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi», yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Mudofaa vazirligi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotining tashkiliy tuzilmasi, yosh harbiy xizmatchilarni rag‘batlantirish kabi istiqbolda qilinadigan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring