Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev havoni ifloslantirishda «ilg‘or» shaharlarni sanab o‘tdi

Shavkat Mirziyoyev havoni ifloslantirishda «ilg‘or» shaharlarni sanab o‘tdi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun, 2-fevral kuni ekologik holatni yaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tahlil etish, eng dolzarb vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Unda maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish ishlarini tizimli tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi. Plastik, polietilen va boshqa qadoqlash materiallarini to‘plash, utilizatsiya qilish yoki qayta ishlashga topshirishda ishtirok etayotgan yuridik va jismoniy shaxslarni rag‘batlantirish mexanizmi joriy qilinadi.

Atrof-muhit ifloslanishining oldini olish sohasida davlat nazorati kuchaytiriladi. Masalan, Andijon, Angren, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona, Olmaliq, Bekobod, Chirchiq, Toshkent va Nukus kabi sanoatlashgan shaharlarda havoning chang bilan ifloslanish darajasi sanitar me’yordan o‘rta hisobda 2,7 barobar ortgani kuzatilgan.

Shu bois, Ekologiya davlat qo‘mitasi mutasaddilariga xalqaro tajriba asosida atrof-muhitni muhofaza qilish Milliy konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Yig‘ilishda o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’yektlarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, muhofaza etiladigan hududlarni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Masalan, o‘tgan yili hayvonot va o‘simlik dunyosi bo‘yicha 3 ming 782 ta huquqbuzarlik va brakon’yerlik holatlari aniqlangan. 8 ta davlat qo‘riqxonasidan 6 tasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida, 2 tasi Geologiya va Ekologiya qo‘mitalari tasarrufida bo‘lib, ularni boshqarishda yagona tizim mavjud emas. Shu bois, qo‘riqxonalarni yagona davlat organiga biriktirish masalasini o‘rganib, asosli takliflar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring