Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Hindistonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Hindistonga jo‘nab ketdi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-yanvar kuni «Jo‘shqin Gujarat – 2019» IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etish uchun Hindistonga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda «O‘zA».

Sammitning asosiy tadbirlari ertaga, 18-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Davlatimiz rahbari sammit yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi, shuningdek, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokara o‘tkazadi.

Narendra Modi tashabbusi bilan 2003-yildan buyon Gujarat shtati markazi Gandinagar shahrida o‘tkazib kelinayotgan «Jo‘shqin Gujarat» sammiti mintaqadagi eng yirik xalqaro forumlardan biri hisoblanadi.

Hindiston farmatsevtika sanoati markazi bo‘lgan Gujaratda dunyodagi eng ilg‘or kompaniyalar faoliyat yuritadi. Sammit doirasida ular bilan mamlakatimiz kompaniyalari va hududlari o‘rtasida savdo va biznesni kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring