Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev hindistonlik ishbilarmonlar bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev hindistonlik ishbilarmonlar bilan uchrashdi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-sentabr kuni Hindistonning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda biznes rivojiga g‘ov bo‘lib turgan to‘siqlar olib tashlangani, xorijlik investorlar uchun barcha sharoit yaratilayotgani ta’kidlandi.

Hindistonlik ishbilarmonlar O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholab, investitsiya kiritish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini qayd etishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring