Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefonda suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefonda suhbatlashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 27 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarlari bir-birini kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan qutladi.

«Muloqot davomida ikki tomonning kun tartibida bo‘lgan muhim masalalar, jumladan, Rossiya Prezidentining 2018 yilning oktyabr oyida O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi muhokama qilindi. Strategik hamkorlikni mustahkamlash, siyosat, savdo-iqtisodiy, gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama aloqalarni yaxshilashga kelishib olindi», - deyiladi Kreml xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring