Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev IT-parkning Toshkent filialini tashkil etish ishlari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev IT-parkning Toshkent filialini tashkil etish ishlari bilan tanishdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurgandi.

Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab hududida IT-parkning Toshkent filialini tashkil etish to‘g‘risida topshiriq bergandi.

Bugun 28 fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu topshiriq asosida amalga oshirilayotgan ishlar tafsiloti bilan tanishdi.

Bugungi kunda, IT-Park filial binosining konsepsiyasi ishlab chiqildi. Filial binosi qurilish osti maydoni 665 kv.m.ga teng bo‘lib, 16 qavatdan iborat va umumiy maydoni 11,3 ming kv.m.ga teng bino qurilishi bo‘yicha tarmoq jadvali ishlab chiqildi.

Filial binosi 600 ta ish o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 50 dan ortiq yangi IT-park rezident-korxonalarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan.

Mazkur IT-Park filialida rezident-korxonalarga o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur infratuzilma, shu jumladan, zamonaviy laboratoriyalar, kovorking markaz hamda ofis maydonlari taqdim etilib, ularga moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi.

IT-Park filialining asosiy vazifalaridan biri IT-park rezidentlari va ixtisoslashgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘zaro kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ladi.

IT-park filialida ixtisoslashgan maktab o‘quvchilari tomonidan rezident-korxonalar bilan birgalikda axborot texnologiyalari yo‘nalishida hamda dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha turli loyihalar va startaplar amalga oshiriladi.

Shuningdek, IT-park rezident-korxonalari tomonidan maktab o‘quvchilari uchun turli xil amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya darslarini o‘tkazish orqali ularni axborot texnologiyalari sohasidagi biznes jarayonlarini o‘rganishga yordam beradi.

Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarning maktabni bitirgandan so‘ng axborot texnologiyalari sohasida tayyor kadr bo‘lib shakllanishiga imkoniyat yaratib, o‘z faoliyatini IT-parkda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring