Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov nomidagi maktab o‘quvchilariga sovg‘a ulashdi

Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov nomidagi maktab o‘quvchilariga sovg‘a ulashdi

Foto: «President.uz»

2017-yil 24-mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan edi.

Bu yerda zamonaviy ta’lim maskani barpo etildi. Joriy o‘quv yilidan beshinchi sinfga iqtidorli bolalar qabul qilindi. Maktabning birinchi qavatida Abdulla Oripov muzeyi tashkil etilgan. Shavkat Mirziyoyev ushbu muzey va maktab bilan tanishdi. O‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shu yerda Ibroyim Yusupov, Muhammad Yusuf, Zulfiya va Hamid Olimjon nomidagi maktablar bilan videoaloqa orqali muloqot qilindi. O‘quvchilar she’rlar o‘qidi.

Davlat rahbari ularning Abdulla Oripovdek buyuk shoirga munosib farzandlar bo‘lib kamol topishi, buning uchun ko‘p kitob o‘qish va Vatanni sevish muhimligini ta’kidladi. Ularga sovg‘alar berdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil fevralda Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi maktab va uning ijodiga bag‘ishlangan muzey tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring