Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Milliy xavfsizlik xizmati idoralari faoliyatini ham isloh qilish vaqti keldi»

Shavkat Mirziyoyev: «Milliy xavfsizlik xizmati idoralari faoliyatini ham isloh qilish vaqti keldi»

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milliy xavfsizlik xizmati idoralari faoliyatini ham isloh qilish vaqti kelganini ta’kidladi.

— Milliy xavfsizlik xizmati idoralari bugungi kungacha 26 yil avval hukumat tasdiqlagan nizom asosida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, — dedi Shavkat Mirziyoyev. —  Bu nizomga chorak asr davomida tegilmaganligi va har qanday oddiy masala ham milliy xavfsizlikka tahdid deb baholab kelinganligi ushbu idora vakolatlarining asossiz kengayib ketishiga sabab bo‘lgan.

Prezident o‘z nutqida dunyoning ba’zi mintaqalarida yuzaga kelgan notinch vaziyat aholi migratsiyasi kuchayishiga, bu esa, o‘z navbatida, terrorizm va ekstremizm tarqalishiga hamda bu illatlar global muammolardan biriga aylanishiga olib kelayotganini alohida urg‘u berdi.

— Bunday vaziyatda milliy davlatchiligimiz, mustaqilligimiz, aholimizning tinch va osoyishta hayoti va xavfsizligimizni saqlash biz uchun eng ustuvor vazifaga aylanib bormoqda. Aynan shu nuqtai nazardan va globallashuv davrining barcha tahdidlarini inobatga olgan holda Milliy xavfsizlik xizmati idoralari faoliyatini ham isloh qilish vaqti keldi, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston rahbari shu munosabat bilan deputatlarga «Huquqni muhofaza qiluvchi organlar to‘g‘risida»gi va «Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishni taklif etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring