Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev muhim qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev muhim qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qarorni imzoladi.

Hujjat bilan quyidagilar nazarda tutilmoqda:

2022 yil 31 dekabrgacha muddatga eksperiment tariqasida yakka tartibdagi tadbirkorlarga 4 ta o‘rindiqli yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi berilmoqda. Asosiy talablar:

  • haydovchi 21 yoshga to‘lgan va boshqaruvida 10 yildan ortiq bo‘lmagan muddatda ekspluatatsiya qilinayotgan yengil avtomobil bo‘lishi;
  • texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida har 6 oyda kamida bir marotaba texnik ko‘rikdan o‘tishi;
  • xususiy klinikalarda yoki oilaviy poliklinikalarda oylik tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga taksi faoliyati bilan shug‘ullanish uchun boshlang‘ich to‘lov 5 barobarga kamaytirilib 690 ming so‘mni, oylik to‘lov 1,5 barobarga kamayib 425 ming so‘mni tashkil qiladi.

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab yakka tartibdagi tadbirkor sifatida taksi faoliyati bilan shug‘ullanish faqatgina mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar (agregatorlar) xizmati orqali amalga oshiriladi.

Taksi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli avtotransport vositalari uchun quyidagi yagona talablar joriy etilmoqda:

  • avtotransport vositasining tom qismiga to‘qsariq rangli fonar (plafon) o‘rnatish va unda “TAXI” tanish belgisini aks ettirish;
  • to‘lovni amalga oshirish hamda bosib o‘tilgan yo‘lni elektron tarzda qayd etish imkoniyatini beruvchi maxsus ilovalarga ega moslamalar (uyali telefon, planshet va boshqalar) bilan jihozlash;
  • avtotransport vositasining priborlar panelida avtotransport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan tablichka mavjud bo‘lishi.

Yuridik shaxslarga tegishli taksilar uchun quyidagi preferensiyalar nazarda tutilmoqda:

  • «to‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgisi amal qilish hududida, shu jumladan aeroport va vokzallarga tutash hududlarda to‘xtab, yo‘lovchilarni olish va tushirish huquqi saqlanib qolmoqda;
  • aeroport, temir yo‘l vokzali, davlat ishtirokidagi avtovokzal, bozor va savdo komplekslarining pullik to‘xtash joylariga yo‘lovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirishga ruxsat berilmoqda;
  • avtobuslar uchun ajratilgan maxsus harakatlanish yo‘lagida harakatlanishga ruxsat berilmoqda.
  • Shuningdek, 2023 yil 1 yanvarga qadar taksi sifatida foydalaniladigan avtotransport vositalarining rangi («fil suyagi» va sariq ranglar) hamda maxsus davlat raqamiga («TT» seriyali) qo‘yilgan talablar to‘xtatilmoqda.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring