Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Myunxenda o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Myunxenda o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi

Foto:Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-yanvar kuni Berlindan Myunxen shahriga keldi. O‘zbekiston delegatsiyasini Bavariya hukumati va jamoatchilik vakillari kutib oldi. Davlatimiz rahbari Bavariyada o‘qiyotgan, ishlayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan suhbatlashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

- Germaniyaga tashrif davomida juda katta kelishuvlarga erishildi. Sizlar bu yerda o‘qib, zamonaviy bilimlarni egallab O‘zbekistonning yanada taraqqiy etishiga o‘z hissalaringizni qo‘shasizlar, deb ishonaman, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari bugun Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder hamda Germaniyaning yetakchi ishbilarmon va moliyaviy doiralari vakillari bilan uchrashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring