Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Elboshi Nazarboyev bilan telefon muloqoti o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Elboshi Nazarboyev bilan telefon muloqoti o‘tkazdi

Foto:«Inform.kz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida ikki mamlakat yetakchilari Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan bir-birlarini samimiy tabriklab, ezgu tilaklar bildirdilar.

Muloqot chog‘ida chegaraoldi hududlarda Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Aholiga zarur yordamni ko‘rsatish, infratuzilma va kommunikatsiyalarni qayta tiklash borasida birgalikda amalga oshirilayotgan birinchi navbatdagi tadbirlar qo‘llab-quvvatlandi.

Mamlakatlarimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash samarali kechayotgani mamnuniyat bilan qayd etdi. Ushbu xavfli kasallikning oldini olish va davolashda vakolatli idoralarning yaqindan muvofiqlashuvi va hamkorligini davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini, avvalo savdo-iqtisodiy sohada kengaytirish masalalariga alohida to‘xtaldilar.

Pandemiyaning salbiy oqibatlari ta’sirini kamaytirish maqsadida amaliy hamkorlikning yangi loyihalari va yo‘nalishlarini ishlab chiqishda ikki mamlakat bosh vazirlari rahbarligidagi qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning muhim rol o‘ynashi ta’kidlandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring