Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev nufuzli xalqaro tashkilot bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev nufuzli xalqaro tashkilot bosh kotibini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

22-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda global parlamentlararo hamkorlik xalqaro forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungongni qabul qildi.

Mamlakatimizning ushbu nufuzli xalqaro tashkilot bilan sherikligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni ilgari surish va demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish va gender tenglikni ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kabi ustuvor yo‘nalishlarda konstruktiv muloqotni davom ettirish va yaqin hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

O‘zbekiston ittifoq ishidagi ishtirokini 2017-yilda qayta tiklagani va bugungi kunda uning ijroiya tuzilmalarida to‘laqonli qatnashayotganini ta’kidlash joiz. Bu yil Oliy Majlis tomonidan Parlamentlararo ittifoq bilan ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlash to‘g‘risida alohida hujjat qabul qilindi.

O‘z navbatida, bosh kotib Martin Chungong mamlakatimizda parlamentarizmni rivojlantirishdagi sezilarli yutuqlarni qayd etdi hamda O‘zbekistonning bu boradagi global tashabbuslarini yuqori baholadi va qo‘llab-quvvatladi.

Ilg‘or xorijiy tajribani keng almashish va ko‘p tomonlama hamkorlikning katta salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida qator xalqaro tadbirlarni birgalikda tayyorlash va o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring