Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tabrikladi

Foto: «Sputnik»

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-oktyabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevga ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi qutlug‘ sana – O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganining 20 yilligi munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi. Bu haqda prezidentning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbari qardosh Qozog‘iston xalqini samimiy tabriklab, ushbu muhim hujjatda umumiy tarix, ma’naviy va madaniy mushtaraklik bilan bog‘langan mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari mustahkamligi belgilab qo‘yilganini ta’kidlagan.

Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma hamda Strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va ahil qo‘shnichilikni mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyaning imzolanishi o‘zaro hamkorlikni izchil rivojlantirishda yangi bosqich bo‘lgani qayd etilgan.

Qozog‘istonda O‘zbekiston yili doirasida o‘tkazilayotgan madaniy-gumanitar va ishbilarmonlik tadbirlari xalqlarimiz yaqinligining yorqin ifodasidir, deyilgan maktubda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring