Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanida 15 mingta ish o‘rni yaratish bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanida 15 mingta ish o‘rni yaratish bo‘yicha topshiriq berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 29-iyun kuni Toshkent shahri va tumanlari hokimlari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mahalliy budjetlar mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida Olmazor tumanida 5 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ qolgani, bu hududdagi muammolarni hal etish, yangi loyihalarni amalga oshirishga asos bo‘lishi ta’kidlandi.

Lekin tuman ko‘pgina ko‘rsatkichlar bo‘yicha rivojlanishdan orqada qolayotgani tanqid qilindi. Xususan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Toshkent shahridagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2 barobar, xizmat ko‘rsatish ko‘lami 3 barobar kam ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish, ishlamayotgan zavodlarni tiklash, yangi korxonalar tashkil etish, tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish hisobidan odamlarga daromad manbai yaratish zarurligi qayd etildi. Tumanda 15 mingta ish o‘rni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring