Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «O‘zbek va tojik xalqlari bir daraxtning ikki shoxi»

Shavkat Mirziyoyev: «O‘zbek va tojik xalqlari bir daraxtning ikki shoxi»

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

«O‘zbekiston» anjumanlar saroyida O‘zbekiston va Tojikiston san’at ustalari ishtirokida «Do‘stlik oqshomi» nomli konsert bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Emomali Rahmon ishtirok etdi. 

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari o‘zbek va tojik xalqlari azaldan yonma-yon yashagani, qiyinchiliklarni birgalikda yengib o‘tganini ta’kidladi.

«O‘zbek va tojik xalqlari bir daraxtning ikki shoxi, bir daryoning ikki irmog‘iga o‘xshaydi. Bizning muqaddas dinimiz, yerimiz va suvimiz bir. Quvonchu tashvishlarimiz, taqdirimiz mushtarak. Ajdodlarimizning ezgu an’analarini davom ettirib, xalqlarimiz do‘stligini mustahkamlashimiz va asrab-avaylashimiz kerak», deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni o‘qib eshittirildi. Emomali Rahmonga davlatimizning «El-yurt hurmati» ordeni topshirildi.

Keyingi yillarda faollashgan madaniy-gumanitar aloqalar xalqlarimizni yanada yaqinlashtirmoqda. Do‘stlik delegatsiyalari tashrifi va ijodiy safarlar uyushtirilib, madaniyat kunlari, konsertlar, ko‘rgazmalar, anjumanlar o‘tkazilmoqda.

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

«Do‘stlik oqshomi» tobora mustahkamlanib borayotgan O‘zbekiston va Tojikiston hamkorligi, xalqlarimiz do‘stligining yana bir ifodasi bo‘ldi. 

Tojikiston Prezidenti ertaga, 18-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov va Bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashuvlar o‘tkazadi, Samarqand shahrini ziyorat qiladi.

Keyingi yillarda faollashgan madaniy-gumanitar aloqalar  xalqlarimizni yanada yaqinlashtirmoqda. Do‘stlik delegatsiyalari tashrifi va ijodiy safarlar uyushtirilib, madaniyat kunlari, konsertlar, ko‘rgazmalar, anjumanlar o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring